Jurnal haqida

"Barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya va ekologik huquq" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

“Barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya va ekologik huquq” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi — zamonaviy ilm-fan, huquq, texnologiya va ekologiya yo‘nalishlarini birlashtiruvchi nufuzli ilmiy platformadir. Mazkur konferensiya doirasida ishtirokchilarning original ilmiy maqolalari, tezislari va tadqiqot natijalari qabul qilinadi.

Ushbu konferensiya UniLex Global MCHJ tomonidan tashkil etilib, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya jarayonlari, ekologik huquqiy tartibga solish, yashil iqtisodiyot, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va innovatsion huquqiy yondashuvlar bo‘yicha ilmiy fikr almashish uchun qulay maydon yaratadi.

Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.