TARMOQ VA KIBERJINOYATLARNI TERGOV QILISHDA RAQAMLI KRIMINALISTIKA METODLARINI QO‘LLASH
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.68023/eg1q6f63Kalit so‘zlar:
raqamli kriminalistika, tarmoq kriminalistikasi, kiberjinoyat, raqamli dalil, tarmoq trafigi, log-fayl, forensik nusxa, SIEM, sud ekspertizasi.Abstrak
Mazkur maqolada tarmoq va kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonida raqamli kriminalistika metodlaridan foydalanishning huquqiy, protsessual va texnik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining raqamli dalillar, sud ekspertizasi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchiligi, NIST SP 800-86 va SP 800-92 qo‘llanmalari, ISO/IEC 27037 standarti hamda tegishli ilmiy adabiyotlarga asoslanadi. Tahlil natijalari tarmoq trafigi, tizim jurnallari, IDS ogohlantirishlari va SIEM tizimlarida shakllantirilgan ma’lumotlar ularning kelib chiqishi, yig‘ish vakolati, vaqt ko‘rsatkichlarining muvofiqligi, yaxlitligi hamda dalilni olishdan sudga taqdim etishgacha bo‘lgan saqlash va uzatish jarayoni tegishli tartibda hujjatlashtirilgan taqdirdagina ishonchli raqamli dalil sifatida baholanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu asosda raqamli dalillarni aniqlash, yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va sudga taqdim etish bosqichlarini qamrab oluvchi besh bosqichli model taklif etiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. 22.09.1994 (amaldagi tahrir). https://lex.uz/docs/-111460
2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1003-son Qonuni. 21.11.2024. https://lex.uz/docs/-7228758
3. O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–249-son Qonuni. 01.06.2010 (amaldagi tahrir). https://lex.uz/docs/-1633102
4. O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonuni. 15.04.2022 (amaldagi tahrir). https://lex.uz/uz/docs/-5960604
5. Kent, K., Chevalier, S., Grance, T., & Dang, H. Guide to Integrating Forensic Techniques into Incident Response. NIST SP 800-86, 2006. https://doi.org/10.6028/NIST.SP.800-86
6. Kent, K., & Souppaya, M. Guide to Computer Security Log Management. NIST SP 800-92, 2006. https://doi.org/10.6028/NIST.SP.800-92
7. ISO/IEC 27037:2012. Information technology — Security techniques — Guidelines for identification, collection, acquisition and preservation of digital evidence. https://www.iso.org/standard/44381.html
8. Casey, E. Digital Evidence and Computer Crime: Forensic Science, Computers, and the Internet. 3rd ed. Academic Press, 2011.
9. Carrier, B. File System Forensic Analysis. Addison-Wesley, 2005.
10. Garfinkel, S. L. Digital forensics research: The next 10 years. Digital Investigation, 7(S), S64–S73, 2010. https://doi.org/10.1016/j.diin.2010.05.009
11. Reith, M., Carr, C., & Gunsch, G. An Examination of Digital Forensic Models. Digital Forensic Research Workshop, 2002. https://dfrws.org/presentation/an-examination-of-digital-forensicmodels/
12. Beebe, N. L., & Clark, J. G. A hierarchical, objectives-based framework for the digital investigations process. Digital Investigation, 2(2), 147–167, 2005. https://doi.org/10.1016/j.diin.2005.04.002
13. Council of Europe. Convention on Cybercrime (Budapest Convention), ETS No. 185. 23.11.2001.
https://www.coe.int/en/web/cybercrime/the-budapest-convention