Jurnallar

  • Raqamli huquq va innovatsiya jurnali / Journal of Digital Law and Innovation

    "Raqamli Huquq va Innovatsiya Jurnali / Journal of Digital Law and Innovation" — O'zbekiston Respublikasida "UNILEX GLOBAL" MChJ tomonidan 2026-yil 25-may kuni 1606356-sonli guvohnoma asosida tashkil etilgan xalqaro, taqrizdan o'tuvchi (peer-reviewed) va ochiq kirish (open-access) ilmiy nashrdir.

    Jurnal raqamli transformatsiya, texnologiya va innovatsiyalarga oid dolzarb huquqiy muammolarni yoritishga ixtisoslashgan bo'lib, ilmiy hamjamiyat, amaliyotchi huquqshunoslar, davlat organlari vakillari va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.

    Barcha maqolalar ikki tomonlama anonim taqriz (double-blind peer review) jarayonidan o'tkazilib, yuqori akademik sifat va nashriyot etikasi talablariga to'liq rioya qilgan holda chop etiladi. Jurnal 2026-yil 25-maydan boshlab yiliga 6 marta nashr etiladi. Har yili 6 ta jild (Volume) chiqarilib, har bir jildda 1 ta son (Issue) nashr etiladi. Sonlar ikki oyda bir marta — yanvar-fevral, mart-aprel, may-iyun, iyul-avgust, sentyabr-oktyabr va noyabr-dekabr oylarida chiqariladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

    Nashriyotchi: "UNILEX GLOBAL" MChJ
    Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Eshonbuloq MFY, Muqanna ko'chasi, 11B-uy
    Telefon: +998 (91) 967-99-68
    Guvohnoma: №1606356, 2026-yil 25-may

  • Ekologiya va yer huquqi  / Environmental and Land Law

    "Ekologiya va yer huquqi  / Environmental and Land Law" — O'zbekiston Respublikasida "UNILEX GLOBAL MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI" MChJ tomonidan 2026-yil 25-may kuni 1606379-sonli guvohnoma asosida tashkil etilgan xalqaro, taqrizdan o'tuvchi (peer-reviewed) va ochiq kirish (open-access) ilmiy nashrdir.

    Jurnal ekologiya huquqi, yer munosabatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid dolzarb huquqiy muammolarni yoritishga ixtisoslashgan bo'lib, ilmiy hamjamiyat, amaliyotchi huquqshunoslar, davlat organlari vakillari va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.

    Barcha maqolalar ikki tomonlama anonim taqriz (double-blind peer review) jarayonidan o'tkazilib, yuqori akademik sifat va nashriyot etikasi talablariga to'liq rioya qilgan holda chop etiladi. Jurnal 2026-yil 25-maydan boshlab yiliga 6 marta nashr etiladi. Har yili 6 ta jild (Volume) chiqarilib, har bir jildda 1 ta son (Issue) nashr etiladi. Sonlar ikki oyda bir marta — yanvar-fevral, mart-aprel, may-iyun, iyul-avgust, sentyabr-oktyabr va noyabr-dekabr oylarida chiqariladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

    Nashriyotchi: "UNILEX GLOBAL MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI" MChJ
    Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Eshonbuloq MFY, Muqanna ko'chasi, 11B-uy
    Telefon: +998 (91) 967-99-68
    Guvohnoma: №1606379, 2026-yil 25-may

  • "Barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya va ekologik huquq" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

    "Barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya va ekologik huquq" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

    “Barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya va ekologik huquq” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi — zamonaviy ilm-fan, huquq, texnologiya va ekologiya yo‘nalishlarini birlashtiruvchi nufuzli ilmiy platformadir. Mazkur konferensiya doirasida ishtirokchilarning original ilmiy maqolalari, tezislari va tadqiqot natijalari qabul qilinadi.

    Ushbu konferensiya UniLex Global MCHJ tomonidan tashkil etilib, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya jarayonlari, ekologik huquqiy tartibga solish, yashil iqtisodiyot, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va innovatsion huquqiy yondashuvlar bo‘yicha ilmiy fikr almashish uchun qulay maydon yaratadi.

    Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.