Jild 1 Nomeri 1 (2026): Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law
"Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law" — O'zbekiston Respublikasida "UNILEX GLOBAL MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI" MChJ tomonidan 2026-yil 25-may kuni 1606379-sonli guvohnoma asosida tashkil etilgan xalqaro, taqrizdan o'tuvchi (peer-reviewed) va ochiq kirish (open-access) ilmiy nashrdir.
Jurnal ekologiya huquqi, yer munosabatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid dolzarb huquqiy muammolarni yoritishga ixtisoslashgan bo'lib, ilmiy hamjamiyat, amaliyotchi huquqshunoslar, davlat organlari vakillari va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
Barcha maqolalar ikki tomonlama anonim taqriz (double-blind peer review) jarayonidan o'tkazilib, yuqori akademik sifat va nashriyot etikasi talablariga to'liq rioya qilgan holda chop etiladi. Jurnal 2026-yil 25-maydan boshlab yiliga 6 marta nashr etiladi. Har yili 6 ta jild (Volume) chiqarilib, har bir jildda 1 ta son (Issue) nashr etiladi. Sonlar ikki oyda bir marta — yanvar-fevral, mart-aprel, may-iyun, iyul-avgust, sentyabr-oktyabr va noyabr-dekabr oylarida chiqariladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Nashriyotchi: "UNILEX GLOBAL MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI" MCHJ
Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Eshonbuloq MFY, Muqanna ko'chasi, 11B-uy
Telefon: +998 (91) 967-99-68
Guvohnoma: №1606379, 2026-yil 25-may