QUYOSH PANELLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN INTELLEKTUAL MONITORING VA BOSHQARUV DASTURIY TIZIMI
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.68023/5hptzz34Kalit so‘zlar:
quyosh panellari, intellektual monitoring, avtomatlashtirilgan boshqaruv, buyumlar interneti (IoT), fotoelektrik tizim, sensorlar, ma’lumotlarni yig‘ish, masofaviy nazorat, energiya samaradorligi, texnik xizmat ko‘rsatish.Abstrak
Quyosh panellarining xizmat muddatini uzaytirish va barqaror ishlash samaradorligini ta’minlashda ularning texnik holatini muntazam tekshirib borish muhim ahamiyatga ega. Fotoelektrik (PV) tizimlarning quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishda intellektual monitoring va boshqaruv tizimlaridan foydalanish samarali yechim hisoblanadi. Bunday tizimlar ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, kuzatish, boshqarish hamda o‘lchash jarayonlarini qulay grafik interfeys orqali amalga oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh fotoelektrik qurilmalarining ishlash ko‘rsatkichlarini baholashda avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimlaridan foydalanish muhimdir. Ushbu tizimlar o‘rnatilgan
quyosh elektr qurilmasiga oid ma’lumotlarni uzluksiz to‘plash va tahlil qilishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotda quyosh panellari uchun buyumlar interneti (IoT — Internet of Things) texnologiyasiga asoslangan avtomatlashtirilgan intellektual monitoring va boshqaruv dasturiy tizimini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tizimning ishlashi turli sensorlar, ma’lumotlarni yig‘ish modullari va maxsus dasturiy ta’minot vositalari orqali tashkil etiladi. Quyosh fotoelektrik
qurilmasining elektr kuchlanishi, tok kuchi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi kabi asosiy ko‘rsatkichlari real vaqt rejimida o‘lchanadi, qayta ishlanadi, ekranda aks ettiriladi hamda ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Taklif etilayotgan intellektual tizim quyosh panellarining ishlashida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash, tegishli xatoliklar haqida ogohlantirish, texnik xizmat ko‘rsatish zarurati yuzasidan elektron pochta yoki SMS orqali eslatmalar yuborish imkoniyatlariga ega. Shuningdek, tizimda saqlangan quyoshning kutilayotgan joylashuviga oid astronomik ma’lumotlar asosida panellarning yo‘nalishini avtomatik ravishda o‘zgartirish orqali quyosh nurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Ishlab chiqilayotgan dasturiy tizimning asosiy afzalligi quyosh panellarining texnik holati va energetik ko‘rsatkichlarini masofadan kuzatish, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatidir. Natijada, tizimning ishlash samaradorligini oshirish, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini yaxshilashga erishish mumkin.
References
1. Bakos G. C. Distributed power generation: A case study of small scale PV power plant in Greece // Applied Energy. — 2009. — Vol. 86. — P. 1757–1766.
2. Iacob M., Andreescu G. D., Muntean N. SCADA System for a Central Heating and Power Plant // 5th International Symposium on Applied Computational Intelligence and Informatics. — 2009. — P. 159–164.
3. Chan F., Calleja H. Reliability: A New Approach Design of Inverters for PV Systems // 10th IEEE International Power Electronics Congress. — 2006. — P. 498–506.
4. Hamoud, Chen G., Bradley R. L. Risk Assessment of Power Systems Performance Monitoring // IEEE Transactions on Instrumentation and Measurement. — 2003. — Vol. 52.
5. Wang H., Hu S. Energy Saving Analysis of Supervisory Control and Data Acquisition System Applied in District Heating // ICIEA. — 2009. — P. 3245–3247.