EKOTURIZM FAOLIYATIDAN KELIB CHIQADIGAN EKOLOGIK ZARAR UCHUN HUQUQIY JAVOBGARLIK
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.68023/s5k92t38Kalit so‘zlar:
ekoturizm, ekologik zarar, huquqiy javobgarlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik monitoring, zararni qoplash, biologik xilma-xillik.Abstrak
Ekoturizm tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashadi. Shu bilan birga, ekoturistik faoliyatning kengayishi chiqindilarning to’planishi, suv va tuproqning ifloslanishi, tabiiy ekotizimlarning buzilishi hamda o’simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Mazkur muammolar ekoturizm faoliyatidan kelib chiqadigan ekologik zarar uchun huquqiy javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tadqiqotning maqsadi ekologik zarar uchun huquqiy javobgarlikning huquqiy asoslarini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. O’zbekistonning ekologiya va turizm sohasidagi qonunchiligi, tegishli xalqaro huquqiy hujjatlar hamda ekoturizmning ekologik oqibatlariga oid ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Natijalar atrof-muhitni samarali muhofaza qilish uchun oldini olish choralari, ekologik monitoring, zarar yetkazgan subyektlarni aniqlash va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlarini kompleks qo’llash zarurligini ko’rsatadi. Turizm subyektlarining ekologik majburiyatlarini aniq belgilash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyatga ega. Xulosa sifatida huquqiy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, ekologik zararni baholash usullarini takomillashtirish va zararni qoplash mexanizmlarini rivojlantirish zarurligi asoslandi. Ushbu choralar ekoturizmni rivojlantirish va tabiiy ekotizimlarni saqlash o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
References
1. Jing Tian and Jing Li. (2022). Analysis and treatment of the conflict between sustainable development and environmental protection based on the ecotourism concept. Frontiers in Environmental Science, 10, 1056643.
2. Marselo Kanteiro, Fernando Kordova-Tapia, Alejandro Brazeiro.(2018).Tourism impact assessment: A toll to evaluate the environmental impacts of touristic activities in Natural Protected Areas. Tourism Management Perspectives, 28, 220–227.
3. Directive 2004/35/EC of the European Parliament and of the Council on environmental liability // Official Journal of the European Union. – 30.04.2004. – L 143. – P. 56–75.
4. Canada National Parks Act (S.C. 2000, c. 32) // Justice Laws Website. – URL: https://laws.justice.gc.ca/eng/acts/n-14.01/FullText.html
5. ‘‘Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida’‘gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. – 09.12.1992. – 754-XII-son.
6. Bhat, P. I. (2020). Idea and Methods of Legal Research. Oxford University Press. “Doctrinal Legal Research as a Means of Synthesizing Facts, Thoughts, and Legal
Principles.” Oxford.
7. Stronza, A. L., Hunt, C. A., & Fitzgerald, L. A. (2019). Ecotourism for Conservation? Annual Review of Environment and Resources, 44, 229–253. https://doi.org/10.1146/annurev-environ-101718-033046
8. Torsney, A., O’Driscoll, P., & Buckley, Y. M. (2025). Defining ecotourism for mainstream application and to support sustainable tourism governance. Ecological Solutions and Evidence, 6, e70050.
9. Marzouki, M., Froger, G., & Ballet, J. (2012). Ecotourism versus Mass Tourism: A Comparison of Environmental Impacts Based on Ecological Footprint Analysis.
Sustainability, 4(1), 123–140. https://doi.org/10.3390/su4010123
10. Moorhouse, T., D’Cruze, N. C., & Macdonald, D. W. (2017). Unethical use of wildlife in tourism: what’s the problem, who is responsible, and what can be done? Journal of Sustainable Tourism, 25(4), 505–516. https://doi.org/10.1080/09669582.2016.1223087
11. European Parliament and Council. (2004). Directive 2004/35/EC on environmental liability with regard to the prevention and remedying of environmental
damage. https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX:32004L0035
12. O’zbekiston Respublikasi. (2019-yil 18-iyul). Turizm to’g’risidagi O’RQ-549-son Qonun. https://lex.uz/uz/acts/-4428097
13. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Ikkinchi qism. 985–986-moddalar.
14. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. 10-modda.
15. O’zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi O’RQ-1036-son ‘‘Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash
to’g’risida’‘gi Qonuni.